Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon viloyati ham paxta rejasini bajardi

Andijon viloyati ham paxta rejasini bajardi

Foto: «O‘zA»

Farg‘onalik paxtakorlar mamlakatimizda birinchi bo‘lib, joriy yilgi paxta topshirish shartnomaviy rejani bajargani haqida xabar berilgandi.

Andijon viloyati respublikada ikkinchi bo‘lib paxta topshirish rejasini bajardi. Ushbu viloyat paxtakorlari 16 oktyabr holatiga ko‘ra, davlatga 240 ming tonnadan ortiq paxta topshirishgan.

Qayd etilishicha, bu yutuqqa Paxtaobod, Jalaquduq, Buloqboshi, Oltinko‘l, Izboskan, Ulug‘nor kabi peshqadam tumanlar katta hissa qo‘shgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring