Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Aholining chiqindi metallardan daromad olishiga yo‘l ochildi

Aholining chiqindi metallardan daromad olishiga yo‘l ochildi

Foto: «YouTube»

Hukumatning 2018-yil 6-iyundagi qarori bilan rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibi hamda jismoniy shaxslardan qabul qilishga ruxsat etilgan maishiy maqsaddagi rangli metallar parchalari va chiqindilari ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqida Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq 2019-yil 1-yanvardan boshlab tashkilotlarning tugatilishi, rekonstruksiya va modernizatsiya qilinishi tartibotlarini o‘tkazish davomida hisobdan chiqariladigan tarkibida rangli va qora metallar bo‘lgan tabiiy va ma’naviy eskirgan asbob-uskunalar «O‘zmetkombinat» AJ va «O‘zikkilamchiranglimetall» AJga erkin narxda topshirilishi kerak.

Qarorga ko‘ra, 14 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan shaxslardan metall parchalarini qabul qilishga qonuniy vakillarining ularning pasportiga oid ma’lumotlar va yashash manzillari ko‘rsatilgan yozma roziligi mavjud bo‘lganda yo‘l qo‘yiladi.

Qabul qilingan metall parchalari uchun to‘lov pul mablag‘lari bilan bozor asosida aniqlanadigan erkin narxlar bo‘yicha, yuridik shaxslar uchun – naqdsiz shaklda, jismoniy shaxslar uchun – naqd shaklda, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq to‘lovning boshqa usullarida amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring