Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Agrobank» moliyaviy ko‘magi asosida Zangiota tumanida zamonaviy issiqxona faoliyati yo‘lga qo‘yildi

«Agrobank» moliyaviy ko‘magi asosida Zangiota tumanida zamonaviy issiqxona faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida ham aholining qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasidi keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda.

Bu borada mamlakatimizning yetakchi banklaridan «Agrobank» ATB tomonidan tadbirkorlarlarning tijoriy loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda faol ish olib borilmoqda. 

Buni mazkur tumanda faoliyat boshlagan «GIGANT GREEN EXPORT» MChJ zamonaviy issiqxona loyihasi misolida ko‘rish mumkin.

Ushbu loyiha «Agrobank» hamkorligida joriy yilning sentyabr oyida ishga tushirilgan. Loyihaning umumiy qiymati 4.9 million dollar bo‘lib, shundan 3.9 million  dollar miqdoridagi kredit mablag‘i bank hissasiga to‘g‘ri keladi.

Gidroponika usulida ekilgan issiqxonadagi pomidor ko‘chatlari ayni hosil berishni boshlagan.  

Parvarish jarayoni Turkiya va Ispaniya texnologiyalari asosidagi uskunalar yordamida boshqariladi.

Havo harorati va namligini me’yorida saqlash,  ko‘chatlarni o‘g‘it va ozuqa bilan o‘z vaqtida ta’minlash, har bir tomchi suvning yetkazib berilishi aniq hisob-kitob asosidagi kompyuterlashtirilgan tizim nazoratida bo‘ladi. 

Tadbirkorlar dekabr oyining o‘rtalarida birinchi hosilni bozorga chiqarishni mo‘ljallashmoqda.

Eksportbop mahsulot yetishtirish nafaqat zamonaviy uskunalar balki o‘ziga xos parvarish texnologiyasiga ham bog‘liq. Shu bois ham issiqxonadagi agrotexnik tadbirlar turkiyalik mutxassislar hamkorligida olib borilmoqda.

Ushbu loyiha yiliga 1000 tonnadan ziyod mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bu esa oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, hududning eksport salohiyatini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratilishi imkoniyatini berayotganligi bilan ham ahamiyatlidir.

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring