Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Agrobank» Amudaryo tumanini rivojlantirishda ishtirok etmoqda

«Agrobank» Amudaryo tumanini rivojlantirishda ishtirok etmoqda

Amudaryo har tomonlama rivojlanib, taraqqiy etib borayotgan, qishloqlari obod, xalqi farovon, nafaqat Qoraqalpog‘istonda, balki O‘zbekistonda ham o‘z o‘rniga ega tumanlardan biri.

Hududni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholi farovonligini ta’minlash maqsadida davlatimiz rahbari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga qilgan navbatdagi tashrifida mutasaddi rahbarlarga aniq topshiriqlar bergan edi.

Belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli bajarish maqsadida tumanga «Agrobank» ATB ham biriktirildi.

Bank tomonidan tumanni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish borasida samarali ishlar olib bormoqda.

Ana shunday chora-tadbirlar dasturiga ko‘ra, ayni kunlarda «Agrobank» aksiyadorlik tijorat banki xodimlaridan iborat ishchi guruh Amudaryo tumanida qator uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Unda band bo‘lmagan, «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash maqsadida ularga tikuv mashinalari berilib, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagidagi xotin-qizlarga kredit mablag‘lari ajratilishi to‘g‘risida tushinchalar berildi.

Ulardan biri «Qipchoq» ovulida yashovchi kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan Manzura O‘rozboyevaga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun «Agrobank» ATBning Amudaryo filiali 5 million kredit mablag‘i ajratdi. Yangi tikuv dastgohi berildi.

Uchrashuvdan so‘ng, mas’ullar «Agrobank»dan kredit olib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan Feruza Jubatirovaning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tadbirkor bankdan 200 million so‘mlik kredit mablag‘i olib, «Feruza-Guli-Med» ultratovushli diagnostika markazini ochgan. Hozirda aholiga sifatli tibbiy xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda.

Shu o‘rinda ta’kidlash zarurki, «Agrobank» ATB mutasaddilari nafaqat tuman iqtisodiyotni yaxshilash, kambag‘allikdan chiqarish va mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida aholi va tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda ham ishtirok etdi.

Unda aholi va bank mijozlarining murojaatlariga atroflicha javob qaytarish bilan birga bank faoliyatida olib borilayotgan yangiliklar xaqida xam atroflicha axborot berildi.

Hozirda «Agrobank» ATB Amudaryo tumanini kompleks rivojlantirish maqsadida tuzilgan ishchi guruh bilan hamkorlikda og‘ir hududga kiritilgan mahallalarni rivojlantirish, tumanning «o‘sish nuqta»larini aniqlash, qishloq xo‘jaligi sohasini jadal rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan amaliy ishlar bilan yaqindan tanishmoqda.

Mavjlanib oqayotgan Amudaryo bo‘yidagi jannatmakon bu o‘lka fidoyi mehnatkash insonlar yurti. «Agrobank»ning ushbu moliyaviy qo‘llab-quvvatlashi esa bu go‘shaning yanada ravnaq topishi va tadbirkorlar soni ortib, yangidan-yangi ish o‘rinlari yaratishida qo‘l keladi.

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring