Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

9 oyda 292 milliard so‘mlik soliq qarzdorligi undirildi

9 oyda 292 milliard so‘mlik soliq qarzdorligi undirildi

Foto:Toshkent viloyati soliq boshqarmasi matbuot xizmati

Bugun soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashni paysalga solayotgan tadbirkorlik sub’yektlari ham yo‘q emas. Buning oqibatida esa boqimanda qarzdorlik yuzaga kelmoqda.

Bu kabi salbiy holatlarga chek qo‘yish maqsadida Toshkent viloyati davlat soliq xizmati organlari hamda Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida milliardlab soliq qarzdorliklari davlat budjetiga undirilmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi xabar qildi. 

Ta’kidlash kerakki, joriy yilning o‘tgan davrida hamkorlikda olib borilgan tadbirlar jarayonida 5 mingta tadbirkorlik sub’yektlarining soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamasdan, faoliyat yuritayotgani aniqlanib, 292 milliard so‘mlik soliq qarzlari davlat foydasiga undirildi.

Xususan, Zangiota tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan «Metal enjineering group» MChJning Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudi ijro xujjatiga asosan, jamiyatga tegishli mol-mulklar xatlanib, saqlash uchun maxsus do‘konga topshirilgan bo‘lsa, qarzdorligi mavjud bo‘lgan tashkilotga tegishli avtotransport vositalari jarima maydoniga qo‘yildi.

Shuningdek, Yuqorichirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining 2019-yil 4-sentyabrdagi ijro varaqasiga asosan Yuqorichirchiq tumanida ro‘yxatdan o‘tgan «EXSAN MAYBOD MANUFACTURING GROUP» qo‘shma korxonasining budjet va budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar oldidagi 165 327 477 so‘mlik qarzdorligi bo‘yicha xatlov tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida korxonaga tegishli 2 707 145 289 so‘mlik mahsulot xatlanib vaqtinchalik saqlash joyida qoldirildi.

Bugungi kunda viloyat bo‘yicha soliq qarzini qarzdorning molmulki hisobidan undirish to‘g‘risidagi Iqtisodiy va Fuqarolik sudlarining ijro xujjatlari asosida 144,0 mlrd.so‘m majburiy ijro byurolarida qoldiq ijro xujjatlar mavjud.

Birgina sentyabr oyi davomida ijro xujjatlar asosida 1,4 mlrd.so‘m soliq qarzi undirib olingan bo‘lsa, 374 ta ijro xujjatlar bo‘yicha 4,1 mlrd.so‘mlik mol-mulklar avtotransport vositalari majburiy ijro byurosi xodimlari bilan hamkorlikda xatlanib, saqlash uchun jarima maydoni va maxsus do‘konlarga topshirildi. Hozirda mazkur mol-mulklarni sotish choralari ko‘rilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring