Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2020-yilda aksiz stavkalari qanchaga oshadi?

2020-yilda aksiz stavkalari qanchaga oshadi?

Foto: «Xabar.uz»

«2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi Qonun bilan ishlab chiqariladigan tovarlarga (ko‘rsatiladigan xizmatlarga) aksiz solig‘i stavkalari tasdiqlandi (Qonunga 8-ilova).

Respublikada birinchi marta aksiz solig‘i stavkalari qonun bilan tasdiqlanmoqda, deb sharhlamoqda «Norma».

Bungacha ular Prezident farmonlari yoki qarorlari bilan tasdiqlangan. Shu kabi oxirgi hujjat 2019-yil 1-oktyabrdan boshlab aksiz solig‘i stavkalarini joriy etgan Prezidentning 26.09.2019-yildagi PF-5837-son Farmoni bo‘lgan.

2019 yilga qadar aksiz solig‘i stavkalari har yili 1 yanvardan boshlab o‘zgargan. Har yili tuzatishlar kiritish zarurati aksariyat stavkalar qat’iy belgilangan bo‘lganligi va shunday bo‘lib qolayotganligi, muayyan fizik kattalik – litr, dal, kg, tonna, kubometrga so‘mda o‘lchanishi bilan tushuntiriladi. 

2019-yildan boshlab aksiz solig‘i stavkalari yilda ikki marta o‘zgara boshladi – 1-yanvardan va 1-oktyabrdan.

Yuqorida aytilgan qonunga binoan, 2019-yil oxiriga amal qilgan stavkalar, 2020-yil 1-yanvardan o‘z miqdorlarini saqlab qoladi. Shu bilan birga, ayrim aksiz solig‘i solinadigan tovarlar turlari bo‘yicha ular 1-apreldan va 1-oktyabrdan boshlab indeksatsiya qilinadi.

2020-yilning 1-aprelidan va 1-oktyabridan boshlab (yilda ikki marta) quyidagi tovarlarga aksiz solig‘i stavkalari indeksatsiya qilinadi:

  • etil spirti – stavkaning 2020-yilda 2019-yilga nisbatan o‘sishi – 15 foizga;
  • kuchli vinolar (spirt qo‘shilgan) – 15,8 foizga;
  • konyak – stavkaning 14,1 foizga o‘sishi;
  • aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar – stavkaning 18,7 foizga o‘sishi;
  • sigaretalar va papiroslar – stavkaning 15,5 foizga o‘sishi.

2020-yil 1-oktyabrga kelib konyak va aroqqa stavkalar miqdori tenglashadi. Bu  konyak ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi.

2020-yil 1-apreldan boshlab (yilda bir marta) quyidagi tovarlarga aksiz solig‘i stavkalari indeksatsiya qilinadi:

  • tabiiy ravishda achitilgan tabiiy vinolar (etil spirti qo‘shilmagan holda) – 7,8 foizga (tabiiy vinoning kuchli vinoga qaraganda nisbatan indeksatsiya darajasining yuqori emasligi ancha sifatli va asl vinolarni ishlab chiqarishni rag‘batlantirish bilan bog‘liq);
  • pivo – 10,4 foizga;
  • yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilinadigan benzin, dizel yoqilg‘isi, suyultirilgan gaz – 22,8 foizga, siqilgan gaz – 14,9 foizga. Bunda yakuniy iste’molchi deganda o‘z ehtiyojlari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz sotib oladigan yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi.

2020 yilda quyidagilarga nisbatan aksiz solig‘i stavkalari miqdori oldingi darajada saqlanib qoladi:

  • zargarlik buyumlari (25 foiz stavka), mobil aloqa xizmatlari (20 foiz), kumushdan ishlangan oshxona anjomlari (11 foiz), tabiiy gaz (20 foiz), suyultirilgan gaz (30 foiz), polietilen granulalar (30 foiz). Stavkalar o‘zgarmaydi, sababi advalor shaklda – tovar (xizmat) qiymatiga nisbatan foizda belgilangan;
  • ishlab chiqaruvchilar tomonidan realizatsiya qilinadigan neft mahsulotlari.

Eslatib o‘tamiz: Aksiz solig‘ining qat’iy belgilangan stavkasi natura ifodasidagi aksiz to‘lanadigan tovarlar hajmiga nisbatan qo‘llaniladi, advalor stavkasi ishlab chiqaruvchining aksiz solig‘i va qo‘shilgan qiymat solig‘i qo‘shilmagan holda sotilgan tovarlar qiymatiga nisbatan qo‘llaniladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring