Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-martdan ayrim tanga va qog‘oz pullar muomaladan chiqariladi

1-martdan ayrim tanga va qog‘oz pullar muomaladan chiqariladi

Kelgusi haftadan eski namunadagi 25 so‘m va undan kichik bo‘lgan tanga va banknotlar muomaladan chiqariladi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Bu «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25 so‘mlik va undan kichik nominal qiymatidagi eski namunadagi tangalari va banknotlarini muomaladan qaytarib olish to‘g‘risida»gi (ro‘yxat raqami 3183, 2019-yil 18-sentyabr) Nizomda nazarda tutilgan.

Qonuniy to‘lov vositasi sifatida o‘z kuchini yo‘qotgan eski namunadagi tangalar va banknotlar 1-martdan boshlab, faqat Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari tomonidan muomaladagi tanga va banknotlarga almashtirib beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring