Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi qonun kuchga kirdi. Ishsizlik nafaqasi oshiriladi

Yangi qonun kuchga kirdi. Ishsizlik nafaqasi oshiriladi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 21 yanvardan «Aholi bandligi to‘g‘risida»gi Qonun kuchga kirdi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qonunga ko‘ra, ishsizlik nafaqasi 12 oylik davr ichida ko‘pi bilan 26 hafta davomida to‘lanadi.

Ishsizlik nafaqasi miqdori quyidagicha oshiriladi:

  • ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) so‘nggi 12 oylik davr ichida mahrum bo‘lgan shaxslarga – avvalgi ish joyidagi o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizi miqdorida, lekin mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHEKM – 679 330 so‘m)dan oz bo‘lmagan miqdorda;
  • ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo‘lgan hamda uzoq (1 yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxslarga – MHEKMning 1 baravari miqdorida;
  • ilgari ishlamagan, birinchi marta ish qidirayotgan shaxslarga – MHEKMning kamida 75 foizi miqdorida.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring