Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ucell bilan #Uyda_Qoling. Yangi xizmatlar bilan aloqada qoling

Ucell bilan #Uyda_Qoling. Yangi xizmatlar bilan aloqada qoling

Ucell uyali aloqa operatori abonentlarga har qanday vaziyatda ham aloqada qolish imkoniyatiga ega bo‘lishlari uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratishda davom etmoqda.

Bugundan boshlab oyning oxirigacha oldindan to‘lov tizimida xizmat ko‘rsatuvchi Prepaid tarif rejasi abonentlari #uydautiramiz xizmatlariga bepul ulanishi imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Ulanish uchun nima kerak? Faqat balans musbat qiymatda bo‘lishi kifoya

Telefoningiz klaviaturalaridan *464# USSD buyrug‘ini terish orqali  xizmatlariga ulanish mumkin.

Xizmatini faollashtirilganda nimalarga ega bo‘lasiz?

Sizga muvaffaqiyatli ulanish kunidan boshlab 30 kun davomida quyidagi xizmatlar bepul taqdim etiladi:

  • Tarmoq ichidagi chiquvchi qo‘ng‘iroqlar bo‘yicha 1000 daqiqa.
  • O‘zbekiston bo‘ylab 1000 ta SMS.
  • 100 megabayt Internet-trafik.

Xizmatga bugundan oy oxirigacha, balansda ijobiy qoldiq mavjud bo‘lganda bir marta ulanish mumkin.

Bundan tashqari, kechadan boshlab Ucell abonentlari uchun «Special» va «Active» liniyalaridagi daqiqalar miqdori va internet-trafiklarining misli ko‘rilmagan tarzda o‘sishi ta’minlandi.

Tarifga qarab o‘sish 2 Gb dan 4 Gb gacha bo‘ladi.

To‘liq ma’lumot bilan quyidagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin:

https://ucell.uz/uz/subscribers/vesna_s_ucell

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring