Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sovuq — issiq»: elektr energiyasini jon boshiga eng ko‘p ishlatuvchi mamlakatlar (infografika)

«Sovuq — issiq»: elektr energiyasini jon boshiga eng ko‘p ishlatuvchi mamlakatlar (infografika)

Foto: «Whattonews»

Xalqaro energetika agentligi «Atlas of Energy» ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda aholi jon boshiga eng ko‘p elektr energiyasini iste’mol qiluvchi davlat bu — Islandiya.

«Statista» ma’lumotiga ko‘ra, har bir islandiyalik 2017-yili 54,4 megavatt-soatdan elektr ishlatgan. Bu bir tomondan mamlakatda yetarlicha elektr ishlab chiqarish uchun tabiiy resurslar mo‘l-ko‘lligi bilan izohlanadi. Ikkinchi tomoni ham bor, Islandiyaning shafqatsiz va zimiston iqlimi shunga majbur qilmoqda.

Xuddi shunga o‘xshash holatni Norvegiyada ham kuzatamiz: ushbu shimoliy o‘lka aholi jon boshiga 23,7 megavatt-soat EE sarfi bilan jahonda ikkinchi o‘rinda turadi. Bularning ham resurslari yetib-oshadi.

Arab o‘lkalarining konditsionerlari elektrni «yeyishda» viking pechlaridan qolishmaydi: Bahrayn, Qatar va Kuvayt kabi jazirama mamlakatlar «top-5»da ekanining sababi ham shundan. Eng qizig‘i, bu davlatlarda ham energiya ishlab chiqish uchun tabiiy resurslar yetarlicha.

Ma’lumot uchun: O‘zbekistonda 2018-yilda 62,8 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan, mamlakatimiz aholisi esa 33 milliondan oshgan. Kishi boshiga qanchadan to‘g‘ri keladi? Buyog‘i oddiy matematika. Darvoqe, Islandiya O‘zbekistondan 3 baravar oz elektr energiyasi ishlab chiqaradi, aholisi esa 92 baravar oz!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring