Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shumaxerning natijasini ham takrorlaydigan poygachi topildi

Shumaxerning natijasini ham takrorlaydigan poygachi topildi

Foto: «Autosport.com.ru»

Britaniyalik «Mercedes» haydovchisi Lyuis Xemilton faoliyati davomida yettinchi marta «Formula-1»da g‘olib chiqib, unvonlar soni bo‘yicha germaniyalik Mixael Shumaxerga tenglashib oldi.

15-noyabr kuni Xemilton Turkiya Gran-prisida birinchi bo‘lib marra chizig‘ini kesib o‘tib, mavsum natijalariga ko‘ra muddatidan oldin umumiy haydovchilar reytingidagi g‘alabasini ta’minladi.

Britaniyalik sportchi 2008, 2014, 2015, 2017, 2018, 2019, 2020-yillarda «Formula-1» chempionligini qo‘lga kiritdi. Shumaxer esa 1994, 1995, 2000, 2001, 2002, 2003, 2004-yillarda g‘olib bo‘lgan.

Sentyabrda bosh jarohatidan so‘ng tiklanayotgan Shumaxer Malorkaga, Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peresning sobiq villasiga o‘tkazilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Bungacha u Shveysariyadagi uyida davolangan.

Mixael Shumaxer 2013-yilda Alp tog‘larida chang‘i uchayotgan vaqtda tosh ustiga yiqilib, bosh miyasi og‘ir jarohatlangan. Natijada poygachi komaga tushib qolgan. Neyroxirurglarning fikricha, sportchi vaqti kelib faqat o‘tira olishi va o‘zgalar ko‘magidagina kichik qadamlar tashlashi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring