Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistondagi «muloyim qotil». C nomli kasallik haqida...(infografika)

O‘zbekistondagi «muloyim qotil». C nomli kasallik haqida...(infografika)

Foto: «The National»

Gepatit C virusini yuqtirgan har beshinchi odamgina o‘zidagi bu tashxisdan xabardor — Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining so‘nggi hisobotida ana shunday qo‘rqinchli statistika keltirilgan, deb yozmoqda «Expert».

Hozirgi kunda dunyoda gepatit C ning surunkali shakli bilan qariyb 71 million kishi og‘riydi — bu butun bir Fransiya aholisidan ko‘p.

Mazkur virusga qarshi emdori mavjud emas, uni yuqtirganlarning 80 foizi esa boshida hech qanday alomatni payqamaydi, shuning uchun ham gepatit C ni «muloyim qotil» deb atashadi — u yillab o‘zini namoyon etmasligi yoki boshqa kasalliklar niqobi ostida yashirinib yurishi mumkin. Bu xastalikdan tahlil topshirayotganda tasodifan yoki jigar jiddiy shikastlangandan keyingina xabardor bo‘lishadi. Infeksiya ko‘pincha sirroz yoki saratonga olib keladi — uning oqibatida har yili taxminan 399 000 ming kishi hayotdan ko‘z yumadi.

Hisobot beruvchilarning ta’kidlashicha, zamonaviy dori-darmonlar gepatit C infeksiyasini yuqtirgan qariyb 95 foiz odamni butunlay sog‘aytirib yuborishi mumkin. Muhimi — butun dunyodagi bemorlarni virusga qarshi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiluvchi preparatlar bilan ta’minlash, ko‘plab aks ta’sirlarni keltirib chiqaruvchi interferon asosidagi eskirgan terapiyaning o‘rniga qo‘llash lozim. So‘nggi avlod dorilari yaqindagina — 2015-yildan keng foydalanila boshlandi.

JSST 2030-yilga borib yangi yuqtirish holatini 90 foiz, o‘lim sonini esa 65 foizga qisqartirishni rejalashtirmoqda.

JSST ma’lumotiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha sayyoramizning 1 foiz aholisi surunkali gepatit S bilan yashamoqda

Nega O‘zbekiston «qip-qizil»?

Manbalar: Progress report on HIV, viral hepatitis and sexually transmitted infections 2019, WHO; Progress report on access to hepatitis C treatment, 2018, WHO; Global prevalence and genotype distribution of hepatitis C virus infection in 2015: a modelling study, Lancet gastroenterol hepatol, 2017.

Tushunganingizdek, «Expert» tuzgan xaritada mamlakatlar aholisining gepatit C bilan kasallanish darajasi (foizlarda) ko‘rsatilgan. Unda deyarli barcha mamlakatlardagi holat aksini topgan.

Gabon gepatit C eng ko‘p tarqagan mamlakat — aholisining 7 foizi. Keyin Mo‘g‘uliston va Misr — 6,4 va 6,3 foizdan.

Shu reytingga ko‘ra, O‘zbekiston MDHda birinchi, Osiyoda ikkinchi, jahonda to‘rtinchi o‘rinda!

Hatto bu ko‘rsatkich 40 yildan beri urushdan boshi chiqmayotgan Afg‘onistonda 0,5 foiz, ertangi kuni savol ostida turgan Venesuelada 0,4 foiz, qit’asidagi eng qoloq mamlakatlardan sanalgan Markaziy Afrika Respublikasida 0,3 foizga teng.

Shubhasiz, bu O‘zbekiston uchun eng yomon reytinglardan biri!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring