Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda eng ko‘p soliq to‘laydigan kompaniyalar e’lon qilindi

O‘zbekistonda eng ko‘p soliq to‘laydigan kompaniyalar e’lon qilindi

2020-yilda O‘zbekistonda eng ko‘p soliq to‘lagan korxonalar o‘nligi ma’lum qilindi.

Yirik soliq to‘lovchilar o‘tgan yilda 836 ta bo‘lgan bo‘lsa, joriy yildan ularning safi kengayib, umumiy soni 1 120 taga yetdi.

O‘tgan 2020-yil yakunlariga ko‘ra, respublika miqyosida jami soliq tushumlari miqdori 103,6 trln so‘mni tashkil etgan.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, shundan 67,7 trln so‘m miqdordagi soliq tushumlari aynan yirik soliq to‘lovchilar tomonidan amalga oshirilgan.

2020-yil yakuniga ko‘ra, eng ko‘p soliq tushumlarini amalga oshirgan yirik soliq to‘lovchilar TOP-10 taligi quyidagicha ko‘rinish oldi:

  1. «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasi 
  2. «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ
  3. «O‘ztransgaz» AJ
  4. «O‘zbekneftgaz» AJ 
  5. «O‘ZBAT» AJ QK
  6. «Lukoil»
  7. «O‘zavto Motors» AJ
  8. «O‘zbektelekom» AJ
  9. «Hududgazta’minot» AJ
  10. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi MChJ.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring