Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Niqobsiz yurmang! Jarima 1 milliondan ko‘p (infografika)

Niqobsiz yurmang! Jarima 1 milliondan ko‘p (infografika)

Infografika: «Huquqiy axborot» telegram-kanali

Kecha (26.03.2020 y.) Prezident tomonidan imzolangan «Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi niqobsiz yurganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi qism bilan to‘ldirildi.

Unga ko‘ra, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish BHMning 5 baravarigacha (1 mln. 115 ming so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran (26-mart) kuchga kirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring