Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mikrokreditbank koronavirusga qarshi kurashga qo‘shildi

Mikrokreditbank koronavirusga qarshi kurashga qo‘shildi

«Mikrokreditbank» xodimlari Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshida tashkil etilgan «Mehr-shafqat va salomatlik jamoat fondi» hisob raqamiga bir kunlik ish haqlarini o‘tkazdi.

«Ayni sinovli damlarda xalqimiz yanada jipslashishi, hamjihatlikni kuchaytirishi muhimdir. «Mikrokreditbank» tizimida 3000ga yaqin xodim faoliyat yuritadi. Biz birlashdik, siz-chi?», deyiladi bank xabarida.

Fond mablag‘lari koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish va uni qisqa fursatlarda bartaraf etishga sarflanadi.

«Mehr-shafqat va salomatlik jamoat fondi» rekvizitlari haqida bu yerda ma’lumot olish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring