Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Korrupsiyaviy jinoyatlar statistikasi e’lon qilindi (infografika)

Korrupsiyaviy jinoyatlar statistikasi e’lon qilindi (infografika)

Foto: «anticorruption.uz»

2020 yilda sodir etilgan korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar tahlili asosida infografika tayyorlandi.

Sudlar tomonidan 2020 yil davomida korrupsiya bilan bog‘liq (JK 205-214, 243-moddalari) jami 2 270 nafar shaxsga nisbatan 1 502 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan.

Shundan 2 203 nafar shaxsga nisbatan 1 457 ta jinoyat ishi bo‘yicha hukm chiqarilgan.

Jumladan:

  • 80 nafar shaxsga nisbatan 59 ta jinoyat ishi bo‘yicha oqlov hukmi;
  • 2 123 nafar shaxsga nisbatan 1 398 ta ish bo‘yicha ayblov hukmi chiqarilgan;
  • 67 nafar shaxsga nisbatan 45 ta jinoyat ishi tugatilgan.

Jinoyatlarning sodir etilishiga sabab bo‘lgan omillar

  • 45 nafar shaxsga nisbatan davlat xaridlari bilan bog‘liq qonun talablariga rioya qilinmaganligi;
  • 45 nafar shaxsga nisbatan huquqbuzarlikka qarshi kurashish borasidagi profilaktika ishlari samarali tarzda olib borilmaganligi;
  • 50 nafar shaxsga nisbatan davlat xizmatchilarini tanlov asosida saralab olish, lavozimga tayinlash va yuqori lavozimlarga ko‘tarishning shaffof tartibining mavjud emasligi;
  • 55 nafar shaxsga nisbatan ayblanuvchining sohaga taalluqli bo‘lmagan xizmatlarga biriktirilganligi (sohasiga taalluqli bo‘lmagan xizmatlarda sodir etilganligi);
  • 88 nafar shaxsga nisbatan shaxsning (jabrlanuvchi) o‘z manfaati yo‘lida qonunni chetlab o‘tishga urinishi yoki boshqa tarzdagi manfaatdorligi sababli jinoyatga yo‘l ochib berganligi;
  • 99 nafar shaxsga nisbatan ish hajmining to‘g‘ri taqsimlanmaganligi va malakali xizmat ko‘rsatilmasligi;
  • 122 nafar shaxsga nisbatan davlat organlari xodimlari mansab yoki xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatdorlikka yo‘l qo‘yganligi;
  • 179 nafar shaxsga nisbatan ishga qabul qilishda mansabdorning (xodimning) shaxsi lozim darajada o‘rganilmaganligi, ayblanuvchining malaka darajasi yetishmasligi (muqaddam jinoyat sodir etganligi yoki sodir etishga moyilligi);
  • 262 nafar shaxsga nisbatan ayblanuvchining ijtimoiy ta’minlanmaganligi yoki adolatli mehnat sharoiti tashkil etilmaganligi;
  • 598 nafar shaxsga nisbatan tizimda ish faoliyati to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi, sohada byurokratik to‘siqlarning mavjudligi (faoliyatning o‘zi korrupsiyaga yo‘l ochib berganligi);
  • 642 nafar shaxsga nisbatan fuqarolarning moddiy manfaatdorlik yoki shaxsiy boylik orttirish yo‘lida jinoyatga qo‘l urishi kabi omillar korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarning sodir etilishiga imkon yaratgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring