Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 10-aprel (infografika)

Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 10-aprel (infografika)

Infografika: «Xabar.uz»

Bugun, 10-aprel — mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi aniqlanganining 27-kuni.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, 9-aprel soat 15:30 holatiga, mamlakatimizda COVID-19ni yuqtirganlar jami soni 582 nafarga yetdi: 38 nafar bemor sog‘ayib ketgan, uch nafari vafot etgan.

Bir sutkada 36 nafar yangi bemor aniqlandi.

«Worldometers» ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus eng ko‘p tarqagan mamlakatlar — AQSh (456,7 ming), Ispaniya (152,4 ming), Italiya (143,6 ming), Fransiya (117,7 ming) va Germaniya (115,5 ming).

10-aprelning ayni soatlariga kelib, dunyo bo‘yicha koronavirus aniqlangan insonlar jami soni 1.584.490 nafarga yetdi, shundan 94.705 nafari vafot etgan, 348.468 nafar bemor sog‘ayib ketgan.

Dunyoning 184 mamlakati va hududida koronavirus mavjud.


Eslatma: ayrim raqamlar soniyasiga yangilanib turgan global manbalardagidan farqlanishi mumkin — koronavirus juda tez tarqamoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring