Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 3 aprel (infografika)

Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 3 aprel (infografika)

Infografika: «Xabar.uz»

Bugun, 3-aprelga kelib (mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi aniqlanganining 20-kuni), O‘zbekistonda COVID-19ni yuqtirish bo‘yicha jami 205 ta holat qayd etildi: 25 nafar bemor sog‘ayib ketgan, ikki nafari vafot etgan.

«Worldometers» ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo miqyosida shu paytgacha koronavirus eng ko‘p qayd etilgan mamlakatlar:

  • AQSh (237 877) — so‘nggi sutkada 22874 kishida koronavirus aniqlandi, 616 kishi vafot etdi;
  • Italiya (115 242) — so‘nggi sutkada 4668 kishida koronavirus aniqlandi, 760 kishi vafot etdi;
  • Ispaniya (110 238) — so‘nggi sutkada 6120 kishida koronavirus aniqlandi, 709 kishi vafot etdi;
  • Germaniya (84 600) — so‘nggi sutkada 6619 kishida koronavirus aniqlandi, 166 kishi vafot etdi.
  • Xitoy (81 589) — so‘nggi sutkada 35 kishida koronavirus aniqlandi, 6 kishi vafot etdi;

Katta o‘nlikka, shuningdek, Fransiya (59 105), Eron (50 468), Buyuk Britaniya (33 718), Shveysariya (18 827) va Turkiya (18 135) kirgan.

Muhim:

  • Kecha eng ko‘p o‘lim holatlari Italiya va Ispaniyada qayd etildi;
  • AQShda koronavirusni yuqtirganlar soni ikkinchi o‘rindagi Italiyadagidan ikki baravar ko‘p;
  • Germaniya TOP-5 da Xitoyni ortda qoldirib, 4-o‘ringa ko‘tarildi;
  • Buyuk Britaniya va Turkiyada koronavirus qayd etilishlari soni (kecha 4244 va 2456 tadan) keskin oshdi, koronavirus eng ko‘p qayd etilgan mamlakatlar ro‘yxatida Turkiya bugan 9-o‘ringa ko‘tarilishga juda yaqin.
  • Kuniga koronavirusni yuqtirish bo‘yicha 1000 dan ziyod holat kuzatilayotgan mamlakatlar qatoriga Braziliya ham qo‘shildi: kecha — 1030, jami — 7910.

3-aprelning ayni soatlariga kelib, dunyo bo‘yicha koronavirus aniqlangan insonlar jami soni 1 004 533 nafarga yetdi, shundan 51 563 nafari vafot etgan, 210 519 nafar bemor sog‘ayib ketgan.

Koronavirus har daqiqada jahondagi 48 kishida aniqlanyapti, har daqiqada 3 kishi shu kasallik qurboniga aylanmoqda.

Dunyoning 181 mamlakati va hududida koronavirus mavjud.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring