Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 4-aprel (infografika)

Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 4-aprel (infografika)

Infografika: «Xabar.uz»

Bugun, 4-aprelga kelib (mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi aniqlanganining 21-kuni), O‘zbekistonda COVID-19ni yuqtirish bo‘yicha jami 227 ta holat qayd etildi: 25 nafar bemor sog‘ayib ketgan, ikki nafari vafot etgan.

«Worldometers» ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo miqyosida shu paytgacha koronavirus eng ko‘p qayd etilgan mamlakatlar:

  • AQSh (269 951) — so‘nggi sutkada 25 074 kishida koronavirus aniqlandi, 854 kishi vafot etdi;
  • Italiya (119 827) — so‘nggi sutkada 4 585 kishida koronavirus aniqlandi, 766 kishi vafot etdi;
  • Ispaniya (117 710) — so‘nggi sutkada 5 645 kishida koronavirus aniqlandi, 587 kishi vafot etdi;
  • Germaniya (90 964) — so‘nggi sutkada 6 170 kishida koronavirus aniqlandi, 127 kishi vafot etdi.
  • Xitoy (81 620) — so‘nggi sutkada 31 kishida koronavirus aniqlandi, 4 kishi vafot etdi;

Katta o‘nlikka, shuningdek, Fransiya (64 338), Eron (53 183), Buyuk Britaniya (38 168), Turkiya (20 921) va Shveysariya (19 606) kirgan.

4-aprelning ayni soatlariga kelib, dunyo bo‘yicha koronavirus aniqlangan insonlar jami soni 1 087 263 nafarga yetdi, shundan 58 279 nafari vafot etgan, 227 760 nafar bemor sog‘ayib ketgan.

Dunyoning 181 mamlakati va hududida koronavirus mavjud.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring