Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirus: O‘zbekiston, qo‘shnilar va jahondagi vaziyat, 23 mart (infografika)

Koronavirus: O‘zbekiston, qo‘shnilar va jahondagi vaziyat, 23 mart (infografika)

Infografika: «Xabar.uz»

Bugun, 23-mart kuni O‘zbekistonda koronavirus (COVID-19)ga chalinganlar soni uchtaga ko‘payib, jami 46 nafarga yetdi.

Qo‘shni mamlakatlarda koronavirus bo‘yicha vaziyat quyidagicha: Qozog‘istonda 62, Qirg‘izistonda 16, Afg‘onistonda 40 nafar (1 nafari tuzalib ketgan) insonda koronavirus aniqlandi. Afg‘onistonda ilk marotaba koronavirusdan o‘lim holati kuzatildi.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo miqyosida koronavirus eng ko‘p aniqlangan mamlakatlar: Xitoy (81 496), Italiya (59 138), AQSh (35 345), Ispaniya (33 089) va Germaniya (27 289).

Koronavirusdan eng ko‘p o‘lim holatlari Italiya (5 476), Xitoy (3 271), Ispaniya (2 206), Eron (1 812) va Fransiyada (674) qayd etilgan.

23-mart kuniga kelib, dunyo bo‘yicha koronavirus aniqlangan insonlar soni 354 677 nafarga yetdi, shundan 15 436 nafari vafot etgan, 100 462 nafar bemor tuzalgan. Bugun 36 468 nafar insonda koronavirus aniqlandi, 1 682 nafar bemor vafot etgan, 5 762 nafar sog‘aygan insonga uyiga javob berilgan.     

Ayni paytda dunyoning 167 mamlakati va hududida koronavirus mavjud.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring