Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kimlarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi? (infografika)

Kimlarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi? (infografika)

Foto: «Auto24»

2018-yil 22-oktyabrdagi Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish kiritilgani va unga ko‘ra, yo‘l transport hodisasi bilan bog‘liq jazolar kuchaytirilgani haqida xabar bergandik.

Xususan, transport vositasini boshqarishda xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga va motoshlemlardan foydalanish qoidalariga rioya etmaslikning avvalgi jarimasi EKIH beshdan bir (36 ming 860 so‘m) baravar edi. Endi esa ikkidan bir (yarim minimalka) etib belgilandi. Shunday qilib, 1-noyabrdan jarima 101 ming 365 so‘m bo‘ladi.

Shunday jarimaga tushib qolmaslik uchun qoidalarga amal qilish va xavfsizlik kamarini taqib yurish lozim. Faqat ayrim holatlarda va ba’zi toifa vakillariga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi. Buni «Huquqiy axborot» kanali taqdim etgan quyidagi infografika orqali bilib olishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring