Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eng ko‘p maosh oluvchi davlat rahbarlari (reyting)

Eng ko‘p maosh oluvchi davlat rahbarlari (reyting)

Li Syan Lun.

Foto: «Huunghivietnga.com.vn»

Singapur bosh vaziri Li Syan Lun — jahon mamlakatlari liderlari orasida eng ko‘p maosh oluvchi. Unga 2018-yil davomida jami 1,7 million AQSh dollariga teng miqdorda ish haqi to‘langan. Bu haqda «Fineconomics» telegram-kanali xabar berdi.

Keyingi o‘rinda yillik 578,3 ming dollar maosh bilan Gonkong ma’muriyati kotibi Kerri Lam.

Kerri Lam

Avstraliya bosh vaziri (sobiq) Malkolm Tyornbullning yillik maoshi — 409,9 ming dollar.

Malkolm Tyornbull

Bu reytingda AQSh prezidenti Donald Tramp beshinchi (yiliga 400 ming dollar), Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo oltinchi (yiliga 273,8 ming dollar) o‘rinda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring