Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zarar yetkazdingmi? To‘la!

Zarar yetkazdingmi? To‘la!

Foto: Majburiy ijro byurosi

Nukus shahridagi shifoxonalarning birida ta’mirlash ishlarini olib borgan tashkilot nima qilibdi, deng? Zarur hujjatlarni rasmiylashtirmasdan, o‘zboshimchalik bilan qo‘shimcha uskuna o‘rnatib, tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanibdi! Xuddiki bunaqa «ishlar»  pinhon qolib ketadigandek. Majburiy ijro byurosi xodimlari «bir» deganda fosh etdi-ku bu holatni. O‘ziyam  tashkilot  davlat manfaatiga 31.449.000 so‘m  miqdorda zarar yetkazib ulgurgan ekan-da.

Mazkur holat yuzasidan tergov oldi surishtiruv harakatlari olib borilayotganda qurilish tashkiloti tushundiki, boshqa yo‘l yo‘q, zararni to‘lash kerak, vassalom!

Darhol davlatga yetkazilgan zarar to‘landi.

Bu boshqa gap. Yo‘qsa, yo‘li sudning qora kursisiga qarab ketayotgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring