Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zangiota tuman hokimligi xodimi 120 ming AQSh dollari bilan qo‘lga olindi

Zangiota tuman hokimligi xodimi 120 ming AQSh dollari bilan qo‘lga olindi

Foto: «Xabar.uz»

Zangiota tumanida noqonuniy yer savdosi bilan shug‘ullangan hokimlik xodimi qo‘lga olindi, bu haqda «Xabar.uz»ga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, 2019-yil 17-dekabr kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Zangiota tuman hokimligi umumiy bo‘lim mudiri A.T. va «M.G.S.» MChJ rahbari M.S.lar o‘zaro jinoiy til biriktirib, jamiyatga tegishli bo‘lgan Zangiota tumani, «Qatortol» qishlog‘i, «Navro‘z» massividagi 2,7 gektar yer maydonining 0,3 gektarini noqonuniy ravishda, firibgarlik yo‘li bilan fuqaro S.X.ga har bir sotixini 4 mingdan jami 120 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtida jinoyat ustida ushlanishgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring