Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

YTH sodir etgan YPX xodimiga nisbatan hukm o‘qildi

YTH sodir etgan YPX xodimiga nisbatan hukm o‘qildi

Kollaj: «Xabar.uz»

O‘tgan yilning 28-apreli tongida Toshkentning qoq markazida og‘ir yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi. Alamlisi shundaki, fojia bilan yakun topgan bu hodisa Yo‘l patrul xizmati xodimi ishtirokida sodir bo‘lganida edi.

Ya’ni, Toshkent shahar IIBB YHXB YPX brigadasi 1-batalon 1-safarbarlik guruhi inspektori M.X. 2018-yilning 27-aprelidan 28-apreliga o‘tar kechasi Mirzo Ulug‘bek tumani, 3-sektor hududida xizmat vazifasini o‘tash lozim bo‘lsa-da, batalon rahbariyatini ogohlantirmay, o‘ziga biriktirilgan xizmat avtouloviga ulangan «JPS»ni qasddan o‘chirib, o‘zboshimchalik bilan Yunusobod tuman hududiga o‘tadi. O‘zga hududda esa boshqaruvidagi 01 543 VSS davlat raqami belgili «Lacetti»ni tezligini oshirgan holda, sherigi safdor F.O. bilan birgalikda noma’lum avtoulovni ta’qib qilishga tushadi. Biroq ta’qib oxiriga yetmaydi. Gap shundaki, Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi va Bog‘ishamol ko‘chalari kesishgan chorrahaga yaqinlashganida oldidan «VAZ-2107» rusumli avtomashina chiqib qoladi va...

... «VAZ-2107» rusumli avtomashinadagi to‘rt yo‘lovchidan ikki nafari voqea joyida vafot etadi, qolganlari esa og‘ir jarohatlar bilan kasalxonaga yotqiziladi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Shayxontohur tuman sudi sudya Temur Yusupov raisligida YPX xodimiga oid ish ko‘rib chiqilib, M.X. mayyan huquqdan mahrum etilgan holda uch yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Mazkur hodisada «VAZ-2107» avtomashinasi haydovchisi ham aybdor deb topilgan. Unga olti yil ozodlik mahum etish jazosi tayinlanishi barobarida jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararlar undirilishi ham belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring