Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YPX xodimiga «Formani yechib, ayollar kiyimini kiyib oling» degan haydovchi 7 sutkaga qamaldi (+video)

YPX xodimiga «Formani yechib, ayollar kiyimini kiyib oling» degan haydovchi 7 sutkaga qamaldi (+video)

Foto: Videolavhadan skrinshot

Qashqadaryoda YPX xodimi Captiva haydovchisi tomonidan haqoratlandi. Haydovchi YPX xodimini haqoratlab, telefon orqali syomka qilingan videoni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatdi va IIB xodimini obro‘sizlantirishga urindi.  Bu haqda «Daryo»ga viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi 2-YPX ortyardi 1-safarbarlik guruhi komandiri Shaxriyor Otaqulov ma’lum qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yil 2-avgust kuni qamashilik haydovchi Z.A. tezlikni oshirgani uchun to‘xtatilgan. U 70 km yurish kerak bo‘lgan yo‘lda 77 km/soat tezlikda harakatlangan va ushbu holat uchun xodimlar tomonidan to‘xtatilgan. Shundan so‘ng haydovchi Z.A. barcha holatni videotasvirga olgan va 9-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarga joylab yuborgan. Eng e’tiborli jihati, tasvirga olish jarayonida Z.A. YPX xodimiga «ustingizdagi formani yechib, ayollar kiyimini kiyib oling» degan haqoratli so‘zlar aytgan.

Haydovchining bu xatti-harakati 19-avgust kuni Kitob tuman ma’muriy sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan va tegishli moddalar bilan haydovchi 7 sutkaga qamalgan. Shuningdek Z.A.ning qamoqda o‘tirgan har bir kuni uchun eng kam oylik ish haqining 15 foizi miqdorida jami 234 150 so‘m pul davlat foydasiga undirilishi belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring