Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yarim tunda «hunar ko‘rsatgan» fuqaro «15 sutkaga ketdi»

Yarim tunda «hunar ko‘rsatgan» fuqaro «15 sutkaga ketdi»

Foto: Xabar.uz

Karatin qoidalarini buzgan yana bir fuqaroga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Oliy sud matbuot xizmati ma’lum qildi. Shuningdek, xabarda qonundan «tegishli nasibasini» olgan shaxs joriy etilgan tartibni buzishdan tashqari mayda bezorilik va ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik kabi ma’muriy huquqbuzarliklarni ham sodir etgani ham aytiladi.

Ish tafsilotlariga ko‘ra, F.Sharipov (1988-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan) 2020-yil 3-aprel kuni qoq yarim tunda jamoat joyida niqobsiz yurib, ustiga-ustak, mast holatda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani va Toshkent viloyati Qibray tumani o‘rtasida tashkil qilingan blok postida g‘alva ko‘taradi. Shu joyda xizmat burchini o‘tayotgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari qonuniy talablarini bajarmay og‘zidan «bodi kirib-shodi chiqishi» oqibatida darhol qo‘lga olinib, unga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlikka oid hujjatlar rasmiylashtiriladi.

Bo‘stonliq tuman ma’muriy sudi uni O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 54-moddasi (epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzish), 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) da nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik harakatlarini sodir etganlikda aybdor deb topib, 15 sutka «kesvordi».

Oliy sud matbuot xizmati qayd etadiki, bugun yurtimizda aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish maqsadida karantin tartibi joriy etilgan. Bu tartibga qat’iy rioya etish har bir fuqaroning burchidir. Buni unutishga hech qimning haqqi yo‘q! Karantin tartibini buzish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik muqarrar javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring