Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xotin-qizlar qo‘mitasi kafil bo‘lgan qiz takroran o‘g‘irlikka qo‘l urdi

Xotin-qizlar qo‘mitasi kafil bo‘lgan qiz takroran o‘g‘irlikka qo‘l urdi

Foto: Google.com

Xovos tumani Xotin-qizlar qo‘mitasining kafilligi asosida 21 yoshli, turmushga chiqmagan (barcha ism familiyalar o‘zgartirilgan) Sh. Xamidovaga sodir etgan o‘g‘irlik jinoyati uchun sud tomonidan 2019 yil 22 mayda yengillik berilgan edi.

Sh. Xamidova ushbu holatdan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmay, xotin-qizlar qo‘mitasining ishonchini oqlamasdan, bir oy vaqt o‘tib, ya’ni 2019 yil 27 iyun kuni soat 20:45 atrofida yana o‘g‘rilik jinoyatini sodir etdi. U Xovos tumani, Farhod mahallasi, Adolat ko‘chasida yashovchi R. Ecanovaning uyiga g‘ayriqonuniy kirib, shkafda turgan bir dona 70.000 so‘mlik kumush uzugi va uch dona 900.000 so‘mlik tilla uzuklarini, jami 930.000 so‘mlik moddiy boyliklarni yashirin ravishda talon-toroj qilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xovos tuman sudining 2019 yil 6 avgustdagi hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan JKning 57, 60-moddalariga asosan Sh. Xamidovaga 2 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Bu haqda jinoyat ishlari bo‘yicha Xovos tuman sudining sudyasi B. Mamadaminov xabar berib o‘tdi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring