Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xorazmda qo‘lga tushgan shaxs Toshkentdagi sherigini «tortdi». Va...

Xorazmda qo‘lga tushgan shaxs Toshkentdagi sherigini «tortdi». Va...

Hazorasp tumanidagi maktab o‘qituvchisi S.D. fuqaro S.ning qizini tanishlari orqali oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 6000 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangandi.

Tezkor tadbir shu bilan yakuniga yetmadi. Negaki, qo‘lga olingan S.D. «o‘qishga kiritish ishi»da yolg‘iz emasligi, Toshkentda sherigi bor ekanini gullab qo‘ygach, tadbir poytaxtda davom ettirildi. Natijada uning jinoiy sherigi L.S. (O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti o‘qituvchisi) 3500 AQSh dollarini olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, har ikki holat yuzasidan firibgarlik va pora berishga qasd qilish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring