Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda 22 yoshli tanish ayolini qo‘rqitib pul talab qilgan erkak qo‘lga olindi

Xorazmda 22 yoshli tanish ayolini qo‘rqitib pul talab qilgan erkak qo‘lga olindi

Foto: Tergov departamenti

24-iyun kuni soat 19:00 da Xorazm viloyati IIB hamda Bosh prokuratura huzuridagi IJQK departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir jarayonida, 30 yoshli Sh.R. tanishi 22 yoshli M.Q.ning (ayol) shaxsiy hayotiga oid ma’lumotlarni, fotosurat hamda video tasvirlarni oshkor qilish bilan qo‘rqitgan.

Ma’lumotlarni tarqatmaslik evaziga 15.860.000 so‘m pul berishini talab qilib, 15.860.000 so‘m pullarni M.Q.ning onasi M.A. dan olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan voqea joyida qo‘lga olingan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Sh.R. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergovni Urganch shahri 2-son IIB huzuridagi Tergov guruhi olib bormoqda. Sh.R. JKning 165-moddasi 2-qismi «a» (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan tovlamachilik) bandi bilan gumon qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

Dastlabki tergov jarayonida Sh.R. ayblanuvchi tariqasida ishda jalb qilinib, unga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring