Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Xohlagan joyinga yoz, xohlagan joyinga bor». Qashqadaryoda YPX xodimlari jazolanmasmi?

«Xohlagan joyinga yoz, xohlagan joyinga bor». Qashqadaryoda YPX xodimlari jazolanmasmi?

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p uchratadigan holatlarimizdan biri bu Yo‘l patrul xizmati inspektori va fuqaro o‘rtasidagi tortishuvlar desak adashmagan bo‘lamiz.

Ana shunday vaziyatlarda haydovchining noqonuniy harakatlaringizdan shikoyat qilaman degan iddaosini va YPX xodimining xohlagan joyinga yoz, xohlagan joyinga bor, xohlagan joyinga murojaat qil degan javobi ham barchamizga sir emas.

2019-yilning 24-may kuni Qashqadaryo viloyati IIB YHXB YPXB 2-YPX otryadi komandiri B.Eshimov haydovchi M.M ga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiradi. Ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish davomida YPX xodimi tomonidan haydovchiga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 294-moddasini tushuntirilmaydi. (bunday holatlarni ijtimoiy tarmoqlarda juda ko‘p kuzatish mumkin)

Ichki ishlar vazirining 2011 yil 31 maydagi 68-son buyrug‘i 12 bandida Ma’muriy bayonnomani tuzish paytida huquqbuzarga 294-moddasida nazarda tutilgan uning huquq va burchlari tushuntirilishi aytilgan. Bu bilan ko‘rinib turibdiki xodim buyruqni buzdi.YPX xodimi ma’muriy bayonnomaga huquqbuzarlik sodir etilgan ko‘chaning nomini «Ipak yo‘li» qo‘chasi deb yozadi va haydovchi tomonidan ko‘cha nomi bunday emasligi, aslida boshqa ko‘chada turishganini aytib bu haqda ma’muriy bayonnomada yozib o‘tadi. Shundan keyin xodimni ushbu harakati ustidan tegishli idoralarga murojaat qilganda ma’muriy bayonnomadagi o‘zi yozgan ko‘cha nomini o‘chirib ustidan haqiqiy to‘g‘risini yozib qo‘yadi.Ichki ishlar vazirining 2011- yil 31- maydagi 68-son buyrug‘i 22 bandida Ma’muriy bayonnomalar qat’iy hisobdagi hujjatlar hisoblanishi, unda o‘chirib yozishga, tuzatishga yoki ilgari qayd etilgan yozuvlarni tuzatishga yo‘l qo‘yilmasligi aytilgan. Demak buyruqning bu talabini ham buzmoqda.

Ushbu holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB YHXB tomonidan xodimga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazildi va xodim IIVning buyruq talablarini buzmagan deb topildi.

Bu hizmat tekshiruvi xulosasidan norozi bo‘lib qayta yozilgan murojaat esa o‘rganish o‘rniga birinchi tekshiruv natajasini ma’lum qilish bilan yopildi. Mana sizga fuqarolar murojaati-yu, mana sizga murojaatlar to‘g‘risidagi qonun. Mana sizga ustingdan shikoyat qilaman degan gapga YPX xodimlari javobining sababi.

suratning pastki qismi boshqa masalaga oid bo‘lganligi sabab o‘chirildi

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi YHXB tomonidan nega shuncha narsa e’tiborga olinmasdan ko‘r-ko‘rona xizmat tekshiruvi o‘tkazilayapti? Bunday holatlar doimiymi? Qashqadaryo YPX xodimlari jazolanmasmi?

Ko‘rib turganingizdek, xodim mana shuncha hatti-harakatlari bilan xizmat intizomini buzgan bo‘lsada, uning boshliq bo‘la turib intizomni buzishini qo‘pol ravishda intizom buzish deb baholash o‘rniga, xizmat tekshiruvi o‘tkazgan xodimlar intizom buzilishini aniqlolmay ovvora. Menimcha xizmat tekshiruvi o‘tkazgan xodimlar ham bu qonun qoidalardan behabar bo‘lsa ajab emas.

Maqsud Muzaffarov

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring