Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Videoyozuv bilan shantaj qilib, tadbirkordan 60 000 dollar talab qilgan ayol ushlandi

Videoyozuv bilan shantaj qilib, tadbirkordan 60 000 dollar talab qilgan ayol ushlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasini ta’minlash yuzasidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, M.Yu. ismli ayol, tadbirkor D. bilan bog‘liq videoyozuvlarni tarqatib raqobatchi tadbirkorlar o‘rtasida obro‘sizlantirish bilan qo‘rqitib, undan tovlamachilik yo‘li bilan 60 000 AQSh dollari talab qilib, shundan, 20 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan M.Yu.ga nisbatan nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring