Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazirlikdan yangi tashabbus: «Street-law» loyihasi

Vazirlikdan yangi tashabbus: «Street-law» loyihasi

Ayni kunlarda mamlakatimiz bo‘ylab Adliya vazirligi tomonidan ommaviy «street-law» loyihasi o‘tkazilmoqda. Aksiya davomida adliya xodimlari hududlardagi oliy ta’lim muassasalarining huquq faniga ixtisoslashgan fakultetlari, yuridik kollejlar talabalaridan iborat ko‘ngillilar bilan birgalikda ko‘chalarda, xiyobonlarda, mahallalarda va aholi gavjum joylarda fuqarolarga huquqiy targ‘ibot ishlarini olib bormoqdalar.

«Street-law» tadbirlari davomida aholi o‘rtasida buzilayotgan yo‘l qoidalari, iste’molchi huquqi, jamoat joyida tamaki chekish va spirtli ichimliklar iste’mol qilish taqiqlanganligi kabi masalalar yuzasidan keng targ‘ibot ishlari olib borilmoqda va tarqatma materiallar ulashilmoqda.

Shuningdek, ijtimoiy-huquqiy so‘rov anketalari ham tarqatilmoqda.

Tadbirdan maqsad fuqarolarning kundalik turmush sharoitida, uyda, ko‘chada, turli muassasalarda, bir so‘z bilan aytganda kundalik turmushda o‘z huquqidan foydalanishlariga yordam berish, har bir ijtimoiy-iqtisodiy va shaxslararo munosabatlarning qonunga muvoofiq amalga  oshirilishini ta’minlashdan iborat.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring