Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ukasining jinoyatini ko‘rgan aka ichki ishlarga xabar berdi

Ukasining jinoyatini ko‘rgan aka ichki ishlarga xabar berdi

Foto: Tergov departamenti

Namangan viloyatida shunday voqea sodir bo‘ldi. 2021-yilning 10-yanvar kuni soat 18:30 da Yangiqo‘rg‘on tumani «Beshbuloq» mahallasida fuqaro 30 yoshli Abduxomid A.ga tegishli «Nexia-2» avtomashinasi olib qochilgan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, noma’lum shaxs xonadon oldida avtomobil orqa oynasi ochiq holda qarovsiz qoldirilganligidan foydalangan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur «Nexia-2» rusumli avtomashina 41 yoshli Yoqubjon M. tomonidan olib qochilganligi, u mast holatda avtomashinani boshqarib, o‘zining yashash manziliga olib borib qo‘yganligi aniqlangan. Ushbu holatni ko‘rgan Yoqubjon M.ning akasi Nizomjon M. darhol hudud profilaktika inspektoriga bu haqda ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Yoqubjon M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring