Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshloq tumani IIB mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshloq tumani IIB mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: «Orenburzhie.ru»

Yaqinda bosqinchlik jinoyatida ayblanayotgan to‘rt nafar shaxs Farg‘ona viloyatining Toshloq tuman sudi binosidan qochib ketgani xabari berilgandi.

Dastlabki tergovdayoq «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llangan sudlanuvchilar o‘sha kuniyoq qo‘lga olingan. Ayni ma’lumotni «Xabar.uz» so‘roviga asosan tasdiqlagan Bosh prokuratura matbuot xizmati rahabari Hayot Shamsutdinovning qo‘shimcha qilishicha,  «qochoqlarga» nisbatan  JKning 222-moddasi 2-qismi «v» bandi (qamoqdan yoki qo‘riqlov ostidagi saqlash joyidan qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, Toshloq tumani IIB mansabdor shaxslariga nisbatan ham mansabga sovuqqonlik bilan qarash (JKning 207-moddasi 1-qismi) alomati bilan «ish» qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari Farg‘ona viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring