Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentning uchta tumaniga sud raislari tayinlandi

Toshkentning uchta tumaniga sud raislari tayinlandi

Sud tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi. 

Sudyalar oliy kengashi matbuot  xizmati tarqatgan xabardan tayinlovlarning asosiy qismi poytaxt sudlariga taalluqli ekani ko‘rinadi. Xususan, Toshkentning uchta tumani sudlariga yangi rais tayinlangan. Ya’nikim, Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimida ishlab kelgan Sodikov Sardorbek Ulugbekovich  vakolat muddati davrining besh yil muddatiga  poytaxtning jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudining raisi Obidov Tolibjon Avazxonovich  (vakolat muddati davrining besh yil muddatiga) jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining raisi lavozimiga o‘tkazilgan.  Bo‘shab qolgan jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudining raisi lavozimiga esa Toshkent shahar sudining yana bir sudyasi Jalilov Alisher Xolmurot o‘g‘li munosib ko‘rilgan.

Bundan tashqari, Kengash qarori bilan:

Xoliqov Xudoberdi Komilovich - vakolat muddati davrining besh yil muddatiga Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tuman sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.

Qahorov Farrux Farmonovich - vakolat muddati davriga Buxoro viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Navoiy viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Konimex tuman sudining raisi lavozimidan ozod etildi.

Rayimov Maqsud Juraqulovich - vakolat muddati davrining besh yil muddatiga Navoiy viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Konimex tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Jizzax viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudining raisi lavozimidan ozod etildi.

Avezov Adiz Murodbekovich - vakolat muddati davriga Navoiy viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Qiziltepa tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Navoiy viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.

Mirzajonov Murodjon Kodirovich - vakolat muddati davrining besh yil muddatiga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod etildi.

Mirzaxanov Akmal Xabibullayevich - vakolat muddati davriga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi raisining o‘rinbosari lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.

 Mirsafayev Kaxramon Sirojiddinovich - vakolat muddati davriga Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.

Maxametov Sanjar Tashmatovich - vakolat muddati davrining besh yil muddatiga Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring