Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda o‘g‘il o‘z onasiga nisbatan og‘ir jinoyat sodir etdi

Toshkentda o‘g‘il o‘z onasiga nisbatan og‘ir jinoyat sodir etdi

Toshkent shahar Shayxontohur tumanida 47 yoshli ayol o‘zining 25 yoshli o‘g‘li tomonidan o‘ldirildi. Bu haqda Oliy sud Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, sudlanuvchi 2021 yilning 16 mart kuni soat 02:00 da xonadonida o‘z onasini begona erkakdan rashk qilib, oshxona pichog‘ini uning o‘ng tomon bo‘yin orqa yuzasiga sanchib, o‘ldirgan.

So‘ngra sodir etgan mudhish jinoyatni yashirish maqsadida jasadni o‘zi yashab kelgan xonadonning yerto‘lasiga ko‘mib qo‘ygan.

Qotil bir kun o‘tib mahalla inspektoriga onasini qidirib topishda yordam so‘rab, murojaat qilgan. Tekshiruvlar natijasida jasad qotillik alomatlari bilan topilgan.

Ma’lum qilinishicha, eri bilan ajrashgan ayol begona erkaklar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishi, ba’zan ularni uyiga olib kelishi ortidan ona va o‘g‘il o‘rtasida doimiy tortishuvlar yuzaga kelgan.

Jinoyatchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-modasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismiga ko‘ra, u aybiga to‘liq iqror bo‘lgani, uylanmagani kabi holatlarni inobatga olib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring