Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda mashinani oyog‘ida boshqargan «Shumaxer» jarimaga tortildi (video)

Toshkentda mashinani oyog‘ida boshqargan «Shumaxer» jarimaga tortildi (video)

Foto: videolavhadan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda qoidabuzar haydovchi inomarka mashinasining tomiga o‘tirib olib avtomobilni boshqargani aks etgan video tarqaldi.

Toshkent shahar IIBBning xabar berishicha, shu tarzda «tomosha» ko‘rsatgan haydovchi aniqlanib, jarimaga tortilgan. 22 yoshli Muhammadxo‘ja Yu. 12-martdan 13-martga o‘tar kechasi, soat 2:50da Toshkent shahridagi Shahrisabz ko‘chasida «KIA Optima» rusumli mashinasida o‘zi va o‘zgalar hayotiga xavf tug‘dirib, «sho‘xlik» qilgan.

U O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 128-moddasiga ko‘ra ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring