Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda ikki erkak bir kishiga hujum qildi

Toshkentda ikki erkak bir kishiga hujum qildi

Foto: «Tergov.uz»

2021 yil 25 mart kuni soat 12:30 larda noma’lum shaxslar Toshkent shahri Yashnobod tumani Aviasozlar 1-tor ko‘chasi 1-uyning oldidagi garajlar oldida fuqaro 52 yoshli Vladislav Ye.ga hujum qilib, yuz, ko‘krak qismlariga oyoq-qo‘llari bilan urib, telefon apparati hamda 40 AQSh dollarini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashirinishgan. Natijada Vladislav Ye. yuz va ko‘krak qafasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi, bosh miya yopiq jarohati olgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni 33 yoshli Vladimir P. va 35 yoshli Yevgeniy F.lar sodir etganliklari aniqlanib, protsessual tartibda ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Vladimir P. va Yevgeniy F.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi «b» bandi (Bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ta’kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring