Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda dorixonaga o‘g‘irlikka tushgan shaxslar ushlandi

Toshkentda dorixonaga o‘g‘irlikka tushgan shaxslar ushlandi

Foto: Toshkent shahar IIBB

16-sentyabr kunidan 17-sentyabrga o‘tar tunda taxminan soat 3.00 da, 24 yoshli Danil I. va 27 yoshli Pavel Y. Mirzo-Ulug‘bek tumanida dorixona eshigining qulfini buzib, ichkariga kirgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ular narxlari 6.400.000 so‘m va 4.000.000 so‘m bo‘lgan ikkita «Av Tech» protsessorlarini o‘g‘irlab, voqea joyidan yashirinishga urunishgan. Ammo ular tez orada IIBB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi («O‘g‘rilik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring