Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda 19 nafar mahkum ozodlikka chiqarildi

Toshkentda 19 nafar mahkum ozodlikka chiqarildi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 7 noyabr kuni poytaxtning to‘rtta tumani fuqarolari uchun sayyor qabul uyushtirildi. Prezident Adminstratsiyasi va Prezident xalq qabulxonasi tomonidan tashkil qilingan mazkur tadbirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, qator vazirliklar, korxona va tashkilotlar hamda mahalliy hokimliklar mutasaddilari hozir bo‘ldi.

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, sayyor qabulda oliy mahkama raisi o‘rinbosari X.Yodgorov boshchiligida tizim sudyalari ishtirok etdi.

Sud mutasaddilari tomonidan shu kuni jami 64 nafar fuqaro qabul qilinib, 28 nafarining murojaati joyida hal etilgandi, 22 nafariga huquqiy tushuntirishlar berildi. O‘n to‘rt nafar murojaatchining arizalari Oliy sud tomonidan nazorat tartibida ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi.

Foto: «Xabar.uz»

Ayni jarayonda sayyor sud majlislari o‘tkazilib, unda Toshkent shahar Yashnabod tumanidagi 64/51-muassasasida jazo o‘tayotgan 16 nafar mahkumning muddatidan avval jazodan ozod etishni so‘rab bergan arizalari ko‘rib chiqildi va qanoatlantirildi. Shuningdek, Jinoyat kodeksining 165-(tovlamachilik), 168-(firibgarlik) moddalari bilan sudlanib, javobgarlikka tortilgan uch nafar mahkumning ham arizalari ko‘rilib, yetkazilgan moddiy zararlar qoplangani, jabrlanuvchilarning da’vosi yo‘qligi va boshqa qonunda qonunda kursatilgan yengilliklar inobatga olib, ularga nisbatan tayinlangan jazolar ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmaganiga almashtirildi va sud zalidan ozod etildi.

Foto: «Xabar.uz»

Bundan tashqari fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga oid uchta nizo ham ko‘rildi. Ularning ikkitasi nikohdan ajratish, bittasi buzilgan uy-joy uchun tovon undirilishiga bog‘liq bo‘lib, er-xotinlar yarashganligi, kompensatsiya bo‘yicha esa kelishuv bitimi tuzilgani bois Oliy sud tomonidan ayni fuqarolik ishlari ish yuritishdan tugatildi. Shuningdek, ma’muriy tartibda uchta ish ko‘rilib, ikki nafar fuqaro ma’muriy jarimadan ozod qilindi, bir nafariga tayinlangan jarima jazosi kamaytirildi.

Oliy sud matbuot xizmati alohida qayd etdiki, qabulda muammolari hal bo‘lgan 28 nafar fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yozma tashakkur bildirdi.

Sayyor qabullar davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring