Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Torimed Pharm» (Galaxy) sudda yutib chiqdi. Hududiy boshqarma qarori haqiqiy emas deb topildi

«Torimed Pharm» (Galaxy) sudda yutib chiqdi. Hududiy boshqarma qarori haqiqiy emas deb topildi

Foto: «Kun.uz»

Qator internet saytlari e’tiboriga tushgan Yunusobod tumani ma’muriy sudida ko‘rilayotgan «Golgate-Palmalive» (Colgate) kompaniyasining tovar belgisi bo‘yicha ma’muriy ish yuzasidan bugun sudning Hal qiluv qarori e’lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Xabarda aytiladiki, joriy yilning may oyida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi vakillari  «Torimed Pharm» (Galaxy) MChJga nisbatan «Golgate-Palmalive» (Colgate) kompaniyasining tovar belgisi bo‘yicha arizasini ko‘rib chiqib, tegishli qaror qabul qilingan.

Unga ko‘ra, «Torimed Pharm» (Galaxy) MChJ  «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunning 13-moddasi  birinchi qismi uchinchi xatboshisi talablarini buzganligi qayd etilgan. Ya’ni kompaniya insofsiz raqobatchi deb topilgan.

Shuningdek, jamiyatga qonunbuzilish holatini bartaraf  etish, kelgusida shu kabi xatolarga yo‘l qo‘ymaslik yuklatilgan. Mabodo, MChJ boshqarma qaroridan norozi bo‘lsa, tegishli tartibda sudga murojaat qilish huquqi tushuntirilgan.

«Torimed Pharm» (Galaxy) MChJ o‘z huquqidan foydalanib, mazkur qaror yuzasidan sudga murojaat qilgan.

Yunusobod tuman ma’muriy sudining Hal qiluv qaroriga ko‘ra, arizachi «Dentafill Plus» MChJning javobgar O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasiga nisbatan mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari ustidan keltirgan shikoyati qisman qanoatlantirilib, hududiy boshqarma maxsus komissiyasi  a’zolari (mansabdor shaxslari)ning xatti-harakatlari qonunga xilof deb topilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi maxsus komissiyasining 2019-yil 1-may kunidagi 09/09-sonli qarori haqiqiy emas deb topilgan.

Qayd etish joizki, taraflar hal qiluv qarori ustidan 20 kun muddat ichida Toshkent shahar ma’muriy sudiga apellyasiya tartibida shikoyat berish huquqiga ega.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring