Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

To‘pponcha, 224 ta pichoq, beysbol bitalari — IIBB «o‘ljalari»dan fotogalereya

To‘pponcha, 224 ta pichoq, beysbol bitalari — IIBB «o‘ljalari»dan fotogalereya

Foto: IIBB matbuot xizmati

IIBB xodimlari Toshkentda 12 va 13 fevral kunlari davomida 224 ta pichoqni fuqarolardan olib qo‘yishdi. Bu haqda ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati tomonidan xabar qilindi.

Fuqarolar pichoqlarni ustki kiyim cho‘ntagida yoki avtomobil salonida saqlagan. IIBB tomonidan iddao qilinishicha, pichoqni saqlashdan maqsad charxlash yoki YTHda jabrlangan kishining xavfsizlik kamarini kesish bo‘lmagan. Xabarda aytilishicha, ba’zi fuqarolarda ikki-uchtadan pichoqdan tashqari, bita va metall simlar ham bo‘lgan.

Olib qo‘yilgan pichoqlar yaxshi charxlangani, ko‘plarining tig‘i 20 smdan oshishi va kertiklari hamda qon oqish joylari bo‘lgani aytilmoqda. Shu sababli IIBB xabarida ushbu pichoq va bitalar maishiy zaruriyat uchun emas, birovga jiddiy tan jarohati yetkazish mumkin bo‘lgan sovuq qurol sifatida saqlangani ta’kidlangan.

Ikki kun davomida pichoqdan tashqari professional yoki xonaki tayyorlangan beysbol bitalari (beysbol sport sifatida bizda keng tarqalmagan paytda — IIBB), metall sim va tayoqlardan tashqari pnevmatik to‘pponcha ham olib qo‘yildi.

Quyida pichoqlardan bir nechtasini ko‘rishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring