Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Teskari tadbirkorlik. Sergelida «yerfurushlik» fosh etildi

Teskari tadbirkorlik. Sergelida «yerfurushlik» fosh etildi

Foto: «crimerussia»

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tumani bo‘limi xodimlari yerfurushlikning oldini oldi. Bu haqda «Xabar.uz»ga mahkama matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, tumandagi Janubiy sanoat hududidan «O.R» MChJga investitsiya jalb qilgan holda ish o‘rinlari yaratish sharti bilan ishlab chiqarish korxonasi tashkil etish uchun umumiy maydoni 0.70 gektar yer uchastkasi «nol» qiymatida ajratib berilgandi. Biroq jamiyat ta’sischisi X.N. va boshqalar amalda hech qanday qurilish ishlarini amalga oshirmay, yer maydonini sotish taraddudiga tushishadi. Qup-quruq yerni 155 ming AQSh dollariga baholagan «tadbirkorlar» kelishilgan summadan 10 mingini olayotganda qo‘lga tushadi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring