Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TATU talabasining o‘limi yuzasidan dastlabki tergov natijalari ma’lum qilindi. Qotillikda gumondor ushlangan

TATU talabasining o‘limi yuzasidan dastlabki tergov natijalari ma’lum qilindi. Qotillikda gumondor ushlangan

Foto: «Xabar.uz»

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kompyuter injiringi fakulteti ikkinchi bosqich talabasi Sharobiddinov Asilbek Ozodmirza o‘g‘li 28-iyun kuni tunggi soat 3:45larda noma’lum ikki fuqaro tomonidan o‘z xonadonida vahshiylarcha pichoqlab ketilgani xabar qilingan edi. Rasmiy xabarga ko‘ra, qotillik tafsilotlari boshqacha bo‘lib chiqdi.

Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmati «Xabar.uz»ga ushbu qotillik yuzasidan dastlabki tergov natijalarini ma’lum qildi:

2019-yil 28-iyun kuni soat 08:30 larda  Guliston shahar IIBga tushgan xabarga ko‘ra Guliston shahar, 3-mavzesi, «Obod yurt» mahallasi 35-uy, 3-xonadonda yashovchi 1997-yilda tug‘ilgan Sharobiddinov Asilbek Ozodmirza o‘g‘lining tanasini bo‘yin, qo‘l, old va orqa qismlarida ko‘plab, sanchib-kesilgan jarohatlari bilan murdasi topilgan.

Dastlabki tergov oldi tekshirish harakatlari davomida, guvohlarning dastlabki ko‘rsatmalari va uy ichidagi tartibsizlikdan kelib chiqib, ushbu jinoyatni ikki nafar noma’lum shaxs bosqinchilik maqsadida sodir qilinganligi taxmin qilinib, ushbu noma’lum shaxslarga nisbatan Guliston shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 2-qismi «j» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan dastlabki tergov harakatlari davomida aniqlanishicha, A.Sharobiddinovni yaqin qarindoshi, voyaga yetmagan R.G. o‘zaro kelib chiqqan janjal negizida oshxona pichog‘i bilan urib, tan jarohati yetkazib, o‘ldirib, A.Sharobiddinovni telefoni va jinoyat sodir qilish vaqtida ishlatilgan oshxona pichog‘ini jinoyat sodir etilgan uy yaqinidagi «Do‘stlik» kanaliga tashlab yuborganligi aniqlangan. Hozirgi vaqtida jinoyat ishi bo‘yicha daliliy ashyolar olingan va voyaga yetmagan R.G. O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 2-qismi «j» bandi bilan jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb etilib, ehtiyot chorasi sifatida «qamoqqa olish» qo‘llanilgan.

Hozirgi vaqtda ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi IIV Tergov Departamenti tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring