Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tanish ayolini shaxsiy fotolarini tarqatish bilan «shantaj» qilgan erkak qo‘lga olindi

Tanish ayolini shaxsiy fotolarini tarqatish bilan «shantaj» qilgan erkak qo‘lga olindi

Illyustrativ foto

Buxoro viloyatida yaqin munosabatda bo‘lgan ayol tanishining shaxsiy fotosuratlarini internetda tarqatish bilan qo‘rqitib, undan 1000 AQSh dollari talab qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Tergov departamenti xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 36 yoshli U.R. 2018 yilning sentyabr oyida 22 yoshli R.A. (ayol) bilan internet ijtimoiy tarmog‘i orqali tanishib, u bilan yaqin munosabatlarda bo‘lib kelgan. U.R. o‘zining uyali aloqa vositasida mavjud bo‘lgan R.A.ga tegishli shaxsiy fotosuratlarni uning oila a’zolariga ko‘rsatmaslik va internet tarmoqlarida tarqatmaslik evaziga R.A.dan 1000 AQSh dollari talab qilgan.

U.R. 2020-yilning 4-sentyabr kuni soat 11:15 da Buxoro shahri B.Naqshband ko‘chasida R.A.dan tovlamachilik yo‘li bilan 500 AQSh dollari pullarni olayotgan vaqtida ushlangan va tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Holat yuzasidan Buxoro shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan U.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U.R. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring