Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Surxondaryoda 19 yilga qamalgan mahbusni qamoqdan chiqarib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi (video)

Surxondaryoda 19 yilga qamalgan mahbusni qamoqdan chiqarib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi (video)

Foto: Videolavhadan skrinshot

Surxondaryoda 19 yilga qamalgan mahbusni 70 ming dollarga mansabdor tanishi orqali chiqarib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda «Yangi davr» informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, 2021 yilning 9 iyul kuni Surxondaryo viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sho‘rchi tumanida yashovchi muqaddam sudlangan 32 yoshli fuqaro termizlik 38 yoshli tanishidan 10 yildan beri Koson tumanidagi qamoqxonada jazoni o‘tayotgan mahkumni ozodlikka chiqarish uchun 70 ming so‘ragan.

E. ismli fuqoro IIV Jazoni ijro etish departamentida yaqin kishisi ishlashini aytib, tanishini ishontirgan.

Shundan so‘ng tezkor tadbir natijasida E. so‘ralgan puldan 25 ming dollarni Toshkent shahrida olayotgan vaqtda ushlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi va 211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring