Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sun’iy ravishda homila tushirishga qasd qilgan shifokorga sud hukmi o‘qildi

Sun’iy ravishda homila tushirishga qasd qilgan shifokorga sud hukmi o‘qildi

Foto: «ongefest.ru»

Inobat Yorqulova (ismi-sharifi o‘zgartirilgan) — jizzaxlik. Tuppa-tuzuk akusher-ginekolog. «Ikki dunyo chegarasida» turgan qancha ayolning joniga oro kirmagan deysiz.

O‘tgan yilning noyabr oyida qabuliga Saodat ismli yosh juvon keldi deng. Qorni yaxshigina qappayib qolgan Saodat unga hasrat qildiki, turmushim notinch, yotiqdoshim bilan birga yashamayapman hisobi, homilamni oldirib tashlasam...

Inobat Yorqulova tekishirib ko‘rsa, homila besh oylik (28-29 haftalik) bo‘lib qolibdi: «abort» qilish mumkinmas. Bu haqda hatto Sog‘liqni saqlash vazirining maxsusi bo‘yrug‘i bor. Unda 22 haftadan oshgan homilani (ayrim holatlarni istisno ekanini aytmasa) to‘xtatish tibbiy nuqtai nazardan mumkin emasligi alohida qayd qilingan...

Biroq shifokor bu haqda hatto o‘ylab o‘tirmadi: ikki million so‘m evaziga «ish hal etilishi» mumkinligini aytdi. Kelishdilar. Avvaliga «no-shpa»,«paratsetamol» tabletkalarini berib, Saodatni tug‘ilmagan go‘dagidan judo qilishga tayyorladi. Bu jarayonda «xizmati» uchun avval uch yuz ming so‘m, keyinroq yetti yuz ming so‘m oldi.

Hammasi bir maromda ketib, pulni qolganini olayotganda shifokor tegishli organ xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

«Abort operatsiyasi» shifokor uchun tuzoqmidi? Homila tushirish o‘ta shaxsiy va xususiy holat. Bunaqa ishlar pinhona qilinadi odatda. Tibbiy nuqtai nazardan mumkin bo‘lmagan «abort»larni tuzoqsiz fosh qilish qiyin. Chunki, o‘rtada mulk yoki pul emas, ikki jonning hayoti turibdi. Demak, bu kabi jinoyatlar fosh etishda e’tiborni vositaga emas, oqibatga qaratish muhimroq. Boshqa gaplar ortiqcha.

...Jinoyat ishlari bo‘yicha Sharof Rashidov tuman sudining «Xabar.uz» ma’lum qilishicha, Inobat Yorqulovaga qonun doirasida jazo tayinlanibdi. Qo‘shimcha jazo tariqasida uning muayyan muddat sog‘liqni saqlash tizimida ishlash huquqidan mahrum etilgani alohida qayd qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring