Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sudyalar oliy kengashida yangi o‘rinbosar lavozimi tashkil etildi

Sudyalar oliy kengashida yangi o‘rinbosar lavozimi tashkil etildi

Foto: Xabar.uz

«O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tegishli qonunni imzoladi.

Hujjatga ko‘ra:

  • amaldagi sudyalarning faoliyatini adolatli baholash tizimini yaratish uchun sudya faoliyatining samaradorligi elektron reyting orqali ochiq va shaffof baholanishini ta’minlovchi aniq mezonlar yaratiladi;
  • sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlash uchun Sudyalar oliy kengashi tarkibidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari chiqarilmoqda;

Sudyalar oliy kengashiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatilmoqda:

  • sudyalar daxlsizligi buzilganligi va ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashilganlik holatlari bo‘yicha prokuraturaga taqdimnoma kiritish;
  • Sudyalar oliy malaka hay’atining hamda hududiy malaka hay’atlarining qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish;
  • sudyalar orasida korrupsiya holatlarining oldini olish va ularni barvaqt aniqlash;
  • Kengashning hamda sud tizimining faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash;

Sud tizimida korrupsiyaning oldini olish maqsadida:

  • Sudyalar oliy kengashi raisi tomonidan odil sudlovni amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan omillar va tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yil yakuni bo‘yicha axborot taqdim etib borish tartibi o‘rnatilmoqda;
  • Sudyalar oliy kengashida korrupsiyaga qarshi kurashish vazifasi yuklatilgan o‘rinbosar lavozimi hamda Sudyalar daxlsizligini ta’minlash va korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha sud inspeksiyasi tashkil etilmoqda.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring