Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sudda «masalani hal» qilib bermoqchi bo‘lgan shaxs jinoyat ustida ushlandi

Sudda «masalani hal» qilib bermoqchi bo‘lgan shaxs jinoyat ustida ushlandi

Fuqarolik sudida 1300 AQSh dollari evaziga nikohni bekor qilish masalasini hal qilmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Aytilishicha, «hojatbaror» sud xodimlaridan emas. U tanishlarini «ishga solib» masalani hal etishga va’da berib, kelinishlayotgan pulni olayotganda qo‘lga olingan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, Samarqand tumanida yuz bergan va Departament xodimlari tomonidan fosh etilgan voqelik yuzasidan firibgarlik alomatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring